Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining kechagi kun natijalari

Xayrulla Xoliqov
8 avg 2019
Kecha Tailand poytaxti Bangkokda futzal bo'yicha klublar o'rtasida Osiyo chempionatiga start berildi.

Ushbu musobaqa bu yil OFK tarixida 10-marta tashkil etilyapti. Kecha "A" va "B" guruhi jamoalari 1-tur uchrashuvlarini o'tkazishdi. Quyida natijalarni keltirib o'tamiz. 

Ishtirokchi jamoalar: 

"A" guruhi: "Port FK" (Tailand), "Osh Erem" (Qirg'iziston), "Shenzen Nanling" (Xitoy), "FK Seul" (Janubiy Koreya). 

"B" guruhi: "Tay Son Nam" (Vetnam), "Naft Al Vasat (Iroq), AGMK (O'zbekiston), "Al Rayyan" (Qatar). 

"C" guruhi: "Bank Beyrut" (Livan), "Vamos Mataram" (Indoneziya), "Soro Kompani" (Tojikiston), "Viktoria Yuniversiti" (Myanma). 

"D" guruhi: "Mes Sungun" (Eron), "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya), "Al Dafra" (BAA), "Kazma" (Quvayt). 


"A" guruhi. 1-tur. 7 avgust

"Port FK" - "FK Seul" 3:0  

"Osh Erem" - "Shenzen Nanling" 3:8 


"B" guruhi. 1-tur. 7 avgust 

"Naft Al Vasat" - "Al Rayyan" 9:4

"Tay Son Nam" - AGMK 4:1 


Ko'rib turganingizdek, kecha AGMK musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi. Jamoa yomon o'ynamadi, faqat ikkinchi bo'limda o'z o'yinini ancha bo'shashtirib yubordi. Bugun "C" va "D" guruhlarida 1-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. AGMK 2-tur bahsini ertaga, 9 avgust kuni Iroqning "Naft Al Vasat" futzal klubiga qarshi o'tkazadi. 

Bugungi o'yinlar: 

"C" guruhi. 1-tur. 8 avgust

"Vamos Mataram" - "Soro Kompani"

"Bank Beyrut" - "Viktoria Yuniversiti"


"D" guruhi. 1-tur. 8 avgust

"Mes Sungun" - "Kazma"

"Nagoyya Oshinz" - "Al Dafra"


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com