Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak final juftliklari

Tolibjon Qosimov
13 avg 2019
Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning guruh o'yinlari yakuniga yetib chorak finalchilar nomi ma'lum bo'ldi. AGMK "B" guruhidan 6 ochko bilan pley-offga yo'l oldi. Endi Aleksandr Petrov shogirdlari 1/4 finalda mezbon jamoa "Port FK" bilan bellashadi.

Futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

1/4 final. 14.08.2019

09:00. "Nagoya Oushens" (Yaponiya) - "Vamos Mataram" (Indoneziya)

12:00. "Bank Beyrut" (Livan) - "Mes Sungun" (Eron)

15:00. "Tay Son Nam" (Vetnam) - "Shenzen Nanling" (Xitoy)

18:00. "Port FK" (Tailand) - AGMK


Agar olmaliqliklar chorak finalda g'alaba qozonishsa, yarim finalda "Bank Beyrut" - "Mes Sungun" uchrashuvi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia