Futzal. JCH-2016. Ispaniya guruhni yo'qotishsiz yakunladi

Tolibjon Qosimov
19 sen 2016
Futzal bo'yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.

"F" guruhida 3-tur doirasida Ispaniya terma jamoasi Marokashni taslim etdi. Shu tariqa, ispanlar guruhda barcha raqiblarini engib, nimchorak finalga 100 foizlik natija bilan yo'l olishdi.

JCH-2016
"F" guruhi, 3-tur
19.09.2016

Bukaramanga, "Kolizeo Bisentenario"

Ispaniya - Marokash 4:3
Gollar:
Lozano 8, 33, Alkardo 17, Raul Kampos 19 - Adil Habil 14, 34, El Mazray 24

Ispaniya (birinchi beshlik): Sedano, Bebe, Alkardo, Fernandao, Migelin.
Zaxira: Xuanxo, Errero, Xose Ruiz,  Rivillos, Ortiz, Pola, Lozano, Aleks, Raul Kampos.

Marokash (birinchi beshlik): Rabi Zori, El Mazray, Odil Habil, El Mesrar, Bakkali.
Zaxira: Xiyari, Saud, Holid Kouri, Borite, Kauri, Amgar, Fati.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia