Futzal. Bugun O'zbekiston hamda jahon futboli va futzali afsonalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi

Khoja
5 okt 2024
FIFA Futzal Jahon chempionati munosabati bilan yurtimizga ko'plab futbol va futzal afsonalari tashrif buyurganidan xabaringiz bor.

Bugun O'zbekiston hamda jahon futboli va futzali afsonalari o'rtasida uchrashuv tashkil etiladi. Falkao, Saviola, Xavi Rodriges kabi yulduzlardan tashkil topgan jamoa Ravshan Irmatov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze va Bahodir Ahmedov singari futbolimiz afsonalariga qarshi bahs olib boradi. 

5 oktyabr | 11:00

“Humo Arena” 

Uchrashuvda FIFA Futzal Jahon chempionati uchun akkreditatsiyadan o'tgan OAV vakillari ishtirok etishlari mumkin.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA