

O'rtoqlik uchrashuvlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur bellashuvlar 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o'tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida o'tkaziladi.
O'zbekiston termasidan tashqari futzal bo'yicha qita birinchiligida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo 21 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.
Ma'lumot uchun, futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasiga ham ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez bosh murabbiylik qilmoqda. Mendez U-20 terma jamoasiga nomzod sifatida 17 nafar futzalchini mashg'ulotlarga jalb qilgan edi.



