Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi-2022. Eron Livanni tor-mor etdi, S.Arabistoni J.Koreyani yirik hisobda engdi, ammo guruhda qolib ketdi va boshqa natijalar (+yakuniy jadval)

Eldor Akmurzayev
3 okt 2022
Osiyo Kubogida guruh bosqich bahslari o'z yakuniga etdi.

Kecha “C” va “D” kvartetlarida oxirgi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

J.Koreya – S.Arabistoni 0:4

Gollar: Farhan Ali 4, 23, Fahad Muhalhil 12, 39

Yaponiya – Vetnam 2:0

Gollar: Shimizu Kazuya 6, 36

Xitoy Taypeyi – Indoneziya 1:4

Gollar: Chin-Hung 30 – Muhammad Fajriyan 10, 12, 12, Saud 29

Eron – Livan 9:0

Gollar: Salor Agapur 8, 33, Husayn Toyibi 17, 39 Mustafo Rayim (avtogol) 17, Muslim Oladgobad 19, Bahman Jafari 21, Muhammad Husayn 27, Mahdi karimi 28

Shu tariqa, chorak finalga Tailand, Quvayt, O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Indoneziya, Yaponiya hamda Vetnam yo'l oldi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia