Futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash. ASEAN chempionatida yarim finalchilar ma'lum

Xayrulla Xoliqov
24 okt 2019
2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmanistonda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada 16ta jamoa ishtirok etadi va yakunda kuchli beshlikdan joy olgan jamoalar 12 sentyabr - 4 oktyabr kunlari Litvada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanma olishadi. 

OFK saralash bosqchini to'rt mintaqaga bo'lgan o'tkazishni maqul ko'rgan: ASEAN mintaqasi, Markaziy va Janubiy mintaqa, Sharqiy mintaqa hamda G'arbiy mintaqa. ASEAN mintaqasi jamoalari 21-27 oktyabr kunlari Vetnamda bo'lib o'tadigan ASEAN futzal chempionatida ishtirok etmoqda. 

Bunda 8ta jamoa to'rttadan ikki guruhga bo'lingan. Ushbu musobaqa to'g'ridan-to'g'ri Osiyo chempionatiga saralash vazifasini o'tab beradi va yakunda kuchli 3 jamoa futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga yo'l oladi. 


"A" guruhi - Tailand, Myanma, Sharqiy Timor, Kambodja.


1-tur. 21 oktyabr

Tailand - Kambodja 12:0; Myanma - Sharqiy Timor 6:1


2-tur. 22 oktyabr

Kambodja - Myanma 3:13; Sharqiy Timor - Tailand 1:12


3-tur. 23 oktyabr

Tailand - Myanma 9:0; Sharqiy Timor - Kambodja 4:4



 "B" guruhi - Vetnam, Malayziya, Indoneziya, Avstraliya.


1-tur. 21 oktyabr 

Malayziya - Indoneziya 2:3; Vetnam - Avstraliya 2:0 


2-tur. 22 oktyabr

Indoneziya - Vetnam 0:0; Avstraliya - Malayziya 6:4


3-tur. 23 oktyabr

Indoneziya - Avstraliya 8:3; Vetnam - Malayziya 4:2


Shunday qilib guruh o'yinlari o'z yakuniga etdi va yarim finalchilar ma'lum bo'ldi. 1/2 final uchrashuvlari ertaga, 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Musobaqaning final hamda 3-o'rin uchun kechadigan bahsi 27 oktyabrga belgilangan. 

1/2 final juftliklari: 

Tailand - Vetnam; Indoneziya - Myanma


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia