Futzal bo'yicha Oliy liga ishtirokchilari bittaga kamaydi

Оқил Абдубарноев
12 yanv 2022
Navoiyning "Stroitel-Zarafshon" jamoasi Oliy ligadagi ishtirokini davom ettira olmaydi.

Futzal bo'yicha Oliy liga bahslarining 2021/22 yilgi mavsumi davom etmoqda. Unda qatnashayotgan "Stroitel-Zarafshon" klubi O'zPFLga rasmiy  xat chiqarib, jamoa futzal bo'yicha mamlakat chempionati va kubogining 2022 yilgi uchrashuvlarida ishtirok eta olmasligini bildirdi. Bunga jamoaning moliyaviy jihatdan og'ir ahvolda qolgani sabab bo'lmoqda.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston chempionati joriy mavsumida 11 o'yin o'tkazgan "Stroitel-Zarafshon" 1 ochko bilan musobaqa jadvalida oxirgi bo'lib turibdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pfl.uz