Futzal. 3-tur. 4-kun. "Stroitel-Zarafshon" – "Nafis" 2:6 (+ foto)

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2014
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 1-bosqich 3-tur 4-kun bellashuvlarini "Stroitel-Zarafshon" – "Nafis" uchrashuvi ochib berdi.
Uchrashuvda Samarqandning "Nafis" jamoasi turdagi ilk va yagona g'alabasini qo'lga kiritdi. Bunga ko'p jihatdan "Stroitel-Zarafshon" darvozaboni Islom Salimovning birinchi bo'lim oxirida qizil kartochka olgani ham sabab bo'ldi. "Nafis" safida G'olib Ibrohimov xet-trik rasmiylashtirdi.

Stroitel-Zarafshon – Nafis 2:6
Gollar: Shohmir Kuliev 9, Sherzod Alijonov 35 - G'olib Ibrohimov 4, 28, 29, Dilshod Xaydarqulov 21, 22, Muntazori Xusainov 38.
Stroitel-Zarafshon: Islom Salimov, Adxam Azamov, Aziz Axtamov, Kenjamurod Tursinboev, Shaxmar Kuliev, Sherzod Alijonov, Doston Kanatov, Bekzod Nizomov.
Nafis: Istam Ismatov, Dilshod Xaydarqulov, Xurshid Boboqulov, Aziz Sattarov, Umid Yoqubov, G'olibjon Ibrohimov, Shoxruh Salohiddinov, Muntazori Xusainov.
Chetlatish: Islom Salimov 19 ("Stroitel-Z" darvozaboni).


Tolibjon Qosimov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia