Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ertaga Qirg'izistonga yo'l oladi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2019, 11:35
Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 6-13 sentyabr kunlari qo'shni Qirg'izistonning Qorako'l shahrida o'tkaziladigan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur musobaqa oldidan futbolchi qizlarimiz Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borishdi. Poytaxtimizdagi yig'in 27 avgust – 5 sentyabr oralig'ida tashkil etildi. Yig'in doirasida 2 ta o'rtoqlik o'yini ham o'tkazildi. Terma jamoamizga Hindiston ayollar milliy terma jamoasi raqiblik qildi. Dastlabki o'yinda 5:1 hisobida g'alaba qozongan futbolchi qizlarimiz ikkinchi o'yinda 1:1 hisobida durang qayd etishdi.

Ertaga terma jamoamiz Qirg'izistonga yo'l oladi. Mazkur musobaqada g'olib chiqish uchun Qirg'iziston, Tojikiston, Nepal hamda O'zbekiston terma jamoalari bahs olib borishadi.

Musobaqa taqvimi:

08.09.2019

13:00 Tojikiston – O'zbekiston
17:00 Qirg'iziston – Nepal

09.09.2019
13:00 O'zbekiston – Nepal
17:00 Tojikiston – Qirg'iziston

10.09.2019

13:00 Nepal – Tojikiston
17:00 Qirg'iziston – O'zbekiston

11.09.2019 Dam olish kuni

12.09.2019

13:00 3-o'rin uchun bahs
17:00 Final

“Umid kubogi-2019”ga yo'l oladigan O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:


#

Ism-Familiya

Tug'ilan sana

Klub

Amplua

1.       

Laylo Tilovova

08.03.1997

Sevinch

Darvozabon

2.       

Maftuna Jonimqulova

26.07.1999

Sevinch

Darvozabon

3.       

Laylo Shodieva

26.03.2000

Sevinch

Himoyachi

4.       

Solixa Husniddinova

22.01.1998

Bunyodkor

Himoyachi

5.       

Moxira Jo'raboeva

06.06.1996

Metallurg

Himoyachi

6.       

Tanzilya Zarbieva

08.02.1991

Sevinch

Himoyachi

7.       

O'g'iloy Qo'chqorova

07.12.1996

Sevinch

Himoyachi

8.       

Maftuna Shoyimova

01.01.1999

Sevinch

Yarim himoyachi

9.       

Malika Burxonova

22.02.1999

Sevinch

Yarim himoyachi

10.    

Dildora Nozimova

03.11.1997

Metallurg

Yarim himoyachi

11.    

Kamila Zaripova

19.11.1998

AGMK

Yarim himoyachi

12.    

Umida Zoirova

22.04.1998

Bunyodkor

Yarim himoyachi

13.    

Rushaniya Safina

25.11.1993

Sevinch

Yarim himoyachi

14.    

Sitora Taqaboeva

08.08.2001

So'g'diyona

Yarim himoyachi

15.    

Lianna Narbekova

06.06.1997

So'g'diyona

Hujumchi

16.    

Nilufar Qudratova

05.06.1997

Sevinch

Hujumchi

17.    

Diyoraxon Xabibullaeva

15.09.1999

So'g'diyona

Hujumchi

18.    

Lyudmila Karachik

08.12.1994

Bunyodkor

Hujumchi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz