"Fulxem" "Roma" sobiq yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqda

Alisher
5 avg 2022
"Fulxem" "Roma" vingeri Jastin Klyuyvertni o'z safiga qo'shib olmoqda.

Bitim 10 million evroga amalga oshadi. Futbolchi rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyuning rejalariga kirmaydi.

23 yoshli Jastin so'nggi ikki mavsumni ijarada o'tkazdi, ammo endilikda "Roma"dan doimiy ravishda ketishga tayyor.

Qayd etish kerakki, "Fulxem" Klyuyvert uchun kurashda "Vest Xem"ni mag'lub etdi.


AlisherMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb