Francuz telekanali Messini uning qiyofadoshi bilan adashtirib yubordi

Eldor Akmurzayev
29 mar 2020
Fransiyaning M6 telekanali “Barselona” sardori Lionel Messini uning Erondagi qiyofadoshi Rizo Parastesh bilan adashtirib yubordi, deya xabar qiladi Clarin.

Koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qilayotgan sportchilar haqidagi lavhada shveytsariyalik taniqli tennischi Rojer Federer hamda Messi tasvirlanishi ko'zda tutilgandi. Biroq, xatolik tufayli Leoning o'rnida Parastesh paydo bo'ldi.

Argentinalik yulduz 1 mln evroga yaqin mablag'ni xayriya yo'lida ishlatgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Clarin