

“Afsuski, yana jarohatlandim. Ammo tushkunlikka tushmayman va hech qachon taslim bo'lmayman. Bu sportning yozilmagan qonuni! Imkon qadar tezroq qaytib, yana 100 foizga tayyor bo'lish uchun ko'p mehnat qilishda davom etaman”, deya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga post joylagan Tolisso.
28 yoshli francuz sonidan jarohat olib, ko'z-yoshlar bilan maydonni tark etdi. Futbolchining chap sonida muammolar borligi aniqlangan va shu tufayli u bir necha oy lazaretda bo'ladi. Xavbek JCH-2022'ni o'tkazib yuboradi. Avvalroq, Fransiya TJning boshqa bir a'zosi Ngolo Kante 4 oyga safdan chiqqani haqida xabar bergandik.



