Fransiya. PSJ "Loryan"dan ustun keldi va chempionlik masalasini deyarli hal qildi

Administrator
25 apr 2024
PSJ Fransiya chempionati 30-turida "Loryan"ni mag'lubiyatga uchratdi va chempionlikni 99% ga hal qildi.

PSJ 30 ta turdan keyin 69 ochko jamg'argan. Parij klubining eng yaqin taqibchisi bo'lgan "Monako" 29 ta o'yinda 55 ochko (14 ochko farq) jamg'argan. "Monako" ayni damda "Lill" bilan bahs olib bormoqda. Agar "Monako" ushbu o'yinda g'alaba qozona olmasa, PSJ bugunning o'zida Fransiya chempioniga aylanadi.

"Loryan" – PSJ 1:4 

Gollar: 0:1 – 19 Dembele, 0:2 – 22 Mbappe, 0:3 – 60 Dembele, 1:3 – 73 Bamba, 1:4 – 90 Mbappe.

Loryan – Mvogo, Kalulu (Kaceris, 79), Laport, Ture, Adjey, Yongva (Mendi, 61), Bakayoko, Ponko, Luza (Aberjel, 68), Kari (Buanani, 61), Krupi (Bamba, 68).

PSJ – Donnarumma, Zage, Shkrinyar, Ernandes (Mukiele, 64), Mendesh (Mbappe, 73), Fabian Ruis, Li Kan In (Ugarte, 61), Meyulyu (Soler, 61), Dembele, Mbappe, Gonsalu Ramush (Kolo-Muani, 62).

Ogohlantirishlar: Mendesh (26), Bakayoko (63).


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia