Fransiya prezidentligi uchun saylovlarda Benzemaga ovoz berildi

Eldor Akmurzayev
12 apr 2022
Fransiyada prezidentlik saylovlari bo'lib o'tmoqda.

Rube kommunasidagi fuqarolardan biri “Real” forvardi Karim Benzemaga ovoz bergani ma'lum bo'ldi. Ammo futbolchining nomzodi ro'yxatdan o'tmagani tufayli, bu ovoz inobatga olinmadi.

Eslatib o'tamiz, Fransiyada prezidentligi uchun saylovlarning ilk turi 10 aprelda bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, keyingi bosqichga amaldagi rahbar Emmanyuel Makron va Marin Le Pen yo'l oldi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Foot Mercato