Fransiya kubogi. “Monako”da yirik g'alaba, Karriloda xet-trik

7 yanv 2018, 00:48
Fransiya kubogi 1/32 finalida “Monako” safarda Fransiya to'rtinchi divizioni vakili “Izyor”ni yirik hisobda mag'lub etdi.

Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq Gido Karrilo hisobni ochdi. 28-daqiqada mezbonlar penaltidan muvozanatni tiklashdi. 39-daqiqada Stefan Yovetichning golidan keyin yana “Monako” hisobda olib chiqdi. Bo'lim so'ngida Arduinning golidan keyin ikkinchi bor hisob tenglashdi. Ikkinchi bo'limda Fransiya chempioni raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi. Karrilo yana ikkita gol urib xet-trigini nishonlagan bo'lsa, yana bir gol Fabino hisobiga yozildi.



Manba: championat.asia