Fransiya chempionatining mavsum futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
16 may 2023
Fransiya professional futbolchilari birlashmasi 2022/23 yilgi mavsumda mamlakat chempionatining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ro'yxat tuzib oldi.

Unga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun ushbu futbolchilar nomi kurash olib boradi: Jonatan Devid ("Lill"), Seko Fofana, Loi Openda (ikkisi ham "Lans"), Kilian Mbappe, Lionel Messi (ikkisi ham PSJ).

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar: Paulu Fonseka ("Lill"), Paskal Gasten ("Klermon"), Frank Es ("Lans"), Filipp Montane ("Tuluza"), Igor Tudor ("Marsel").

Yilning eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar: Lyuka Shevale ("Lill"), Janluiji Donnarumma ("PSJ"), Antoni Lopesh ("Lion"), Pau Lopes ("Marsel"), Bris Samba ("Lans").


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia