Fransiya chempionatining mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

Alisher
16 apr 2022
"Renn" hujumchisi Marten Terre Fransiya chempionatining mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

25 yoshli fransiyalik futbolchi 35% ovoz to'pladi.

Terre o'tgan oy Fransiya chempionati doirasidagi uchta o'yinda uchta gol urishga erishdi. Shu bilan birga, barcha uch o'yinda uni ikkinchi taymda almashtirishdi.

Ikkinchi o'ringa 33% ovoz bilan "Monako" hujumchisi Vissam Ben Yedder loyiq deb topildi, uchlikni "Marsel" forvardi Arkadiush Milik (32%) yakunlab berdi.


AlisherMuallif
Manba: ligue1.com