Fransiya bosh vaziri Rim Papasiga Messi ismi yozilgan PSJ libosini sovg'a qildi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2021
Fransiya bosh vaziri Jan Kasteks Rim Papasi Francisk bilan uchrashdi. U Papaga PSJning 30 raqami va Messining ismi tushirilgan futbolkani sovg'a qildi.

Parij klubi bunday sovg'a uchun vazirga minnatdorchilik bildirdi.

"Vatikanga rasmiy tashrifi chog'ida Messining PSJdagi libosini sovg'a qilgani uchun bosh vazir Jan Kasteksga minnatdorchilik bildiradi", - deyiladi xabarda.

Papa Francisk - 84 yoshli argentinalik Xose Mario Bergolo Argentinaning "San-Lorenso" klubining muxlisi hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside