Franchesko Toldo: "Inter" tufayli "Liverpul", "Real Madrid", "Bavariya"ga rad javobini berganman. Bu bilan faxrlanaman"

Sherzod Nurmatov
3 may 2020
"Inter" sobiq darvozaboni Franchesko Toldo boshqa klublarga o'tishi mumkin edi.

"Men "Inter"da qolishni istagandim, shuning uchun ko'p takliflardan voz kechdim.

Ushbu klubda g'alaba qozonish - bu o'zgacha bir narsa, uni bo'rondan qochib, portga yetib kelish bilan solishtirish mumkin.

"Inter" uchun "Benfika", "Bavariya", "Liverpul" va "Real Madrid"ga rad jaobini berganman, ammo qarorimdan g'ururlanaman", - dedi Toldo Antenna Three telekanaliga.

Ma'lumot uchun, Toldo 2001 yildan 2010 yilgacha "Inter"da o'ynagan va shu erda faoliyatini yakunlagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FCInter1908

O'xshash yangiliklar