France Football "Oltin to'p-2021" mukofoti uchun barcha nomzodlarni ma'lum qildi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2021
France Football nashri 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qilmoqda.

Birinchi beshlik quyidagicha:

Riyad Marez ("Manchester Siti"), Ngolo Kante ("Chelsi"), Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund), Leonardo Bonuchchi ("Yuventus") va Meyson Maunt ("Chelsi").

Ikkinchi beshlik:

Xarri Keyn ("Tottenxem"), Janluiji Donnarumma ("Milan"/ PSJ), Karim Benzema ("Real"), Raxim Sterling ("Manchester Siti") va Nikolo Barella ("Inter").

Uchinchi beshlik:

Lionel Messi ("Barselona"/PSJ), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Pedri ("Barselona"), Luka Modrich ("Real Madrid"), Jiorjo Kellini ("Yuventus").

To'rtinchi beshlik

Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti"), Neymar ("PSJ"), Ruben Diash ("Manchester Siti"), Lautaro Martines ("Inter") va Simon Ker ("Milan").

Beshinchi beshlik

Robert Levandovski ("Bavariya"), Jorjino ("Chelsi"), Moxamed Salax ("Liverpul"), Sesar Aspilikueta ("Chelsi") va Romelu Lukaku ("Inter"/ "Chelsi").

Oltinchi beshlik

Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted"/"Yuventus"), Xerar Moreno ("Vilyarreal"), Fil Foden ("Manchester Siti"), Kilian Mbappe (PSJ) va Luis Suares ("Atletiko").

Eslatib o'tamiz, taqdirlash marosimi 29 noyabr kuni Parijdagi Shatl teatrida bo'lib o'tadi. 2020 yil koronavirus pandemiyasi sababli mukofot hech kimga nasib etmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football