FOTOMAQOLA. "Qaldirg'ochlar" qay tarzda "Ajdarlar"ni mag'lub etishdi

Tolibjon Qosimov
5 iyul 2017
Kecha oliy liga 3-turi doirasida qoldirilgan so'nggi o'yin bo'lib o'tdi.

"Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan bahsda mezbonlar Qarshining "Nasaf" klubini 3:2 hisobida taslim etishdi. Quyida ana shu uchrashuvdan fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz.

Kechagi o'yinni "Neftchi" bosh murabbiyi Vadim Abramov Sport TV Translyatsiyalar studiyasi bosh muharriri Dilshod To'xtabekov bilan birga kuzatib bordi.

"Nasaf"ning boshlang'ich tarkibi.

"Bunyodkor"ning boshlang'ich tarkibi.

Eldor Shomurodov uchrashuvda hisobni ochishidan biroz oldin ham Suyunov darvozasiga aylanma zarbasi bilan xavf solgan edi.

"Nasaf" tezkor qarshi hujumga o'tgan payt...


Kechagi bahs "ajdarlar" sardori Sherzod A'zamov va darvozabon Eldor Suyunov uchun qarshiliklar tarkibidagi so'nggi o'yin bo'ldi.

A'zamov va Suyunov ikkinchi davradan boshlab "Paxtakor" safida maydonga tushadi.

Yosh muxlislar.


Akrom Komilovdan "parvoz".

Gol quvonchi.

Islom Kenjaboev o'yinni juda yaxshi o'tkazdi, afsuski bir necha bor so'nggi nuqtani qo'yishda unga omad etishmadi.

Dragan Cheran uchrashuv yakunlanishiga 5 daqiqa qolganda hisobni tenglashtirgan vaziyat.

Shahboz Erkinov bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin darvoza ustunini nishonga olganidan so'ng...

Bu esa Dilshod Ahmadaliev tomonidan kiritilgan oxirgi goldan keyin "qaldirg'ochlar" zaxira o'rindig'idagi xursandchilik.

Mirjalol Qosimov "Lokomotiv"dan keyin "Nasaf"ni ham mag'lub etdi.


"Bunyodkor" - "Nasaf" (3:2) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTO


Tolibjon Qosimov


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia