Fotomaqola. Bundan deyarli 12 yil oldin Bahrom Davlatovning 50 yoshli to'yi nishonlangandi

Xayrulla Xoliqov
11 apr 2020, 14:46
O'zbek futbolida munosib iz qoldirgan Bahrom Davlatov haqida ko'pchilik iliq so'zlarni eshitgan.

Futbolimizda yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, 2008 yilning 8 sentyabr kuni Yangier shahrida o'tkazilgan ajoyib tadbirni yodga olamiz. 

Bahrom Boyjonovich Davlatov "Mashal" klubining rivojida munosib hissa qo'shgan, Muborakda akademiya barpo etish asoschilaridan biri. Keyinchalik "Nasaf" va "Bunyodkor"da faoliyat olib borgan ushbu mutaxassis, qayerda ishlamasin bolalar futboliga katta e'tibor qaratishi bilan ajralib turgan. 

2008 yilning sentyabr oyida Yangier shahridagi markaziy stadionda bo'lib o'tgan tadbirda Bahrom Boyjonovichning 50 yoshli to'yi nishonlanish bilan birga 1994 yilgi Osiyo o'yinlari g'oliblari hamda "Yangier" futbol klubi sobiq yulduzlari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qilingandi. Shuningdek, tadbir davomida bir qator faxriy mehmonlar taqdirlangandi.  

Quyida ushbu tadbirni fotosuratlar yordamida yodga olamiz.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar