"Fotix Karagumruk" Andrea Pirlo iste'foga chiqqanini e'lon qildi

Omonjon To`xtamirzayev
24 may 2023
"Fotix Karagumruk" Andrea Pirlo jamoa bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilganini e'lon qildi.

"Biz Andrea Pirlo va uning shtabi bilan yangi mavsumda hamkorlikni davom ettira olmasligimiz sabab, ularga klubni tark etish imkoniyatini berdik. Shunday holatda, ular kelajaklari haqida o'ylab olishlari, reja tuzishlari uchun vaqt beradi. Jamoa mavsumning qolgan qismini yuqori darajada o'tkazishga imkon qadar harakat qilamiz. Biz Andrea Pirlo bilan hamkorlikdan mamnunmiz va klubimiz rivojlanishi yo'lida u qo'shgan hissadan minnatdormiz. Unga kelajakda omad yor bo'lishini tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.

Qayd etish lozim, Andrea Pirlo 2022 yilda jamoa boshqaruvini qo'lga olgandi. 

Eslatib o'tamiz, "Fotix Karagumruk" jamoasi sharafini hamyurtimiz Otabek Shukurov ham himoya qiladi. 

"Fotix Karagumruk" Turkiya chempionatida 33-turdan keyin 44 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: FourFourTwo

O'xshash yangiliklar