Fosu-Mensa mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi

Alisher
1 mar 2021
"Bayer" himoyachisi Timoti Fosu-Mensa mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi.

Futbolchi "Frayburg" (1:2)ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Futbolchining tizzasida jiddiy muammolar bor.

Shunday ekan Fosu-Mensa jamoasiga joriy mavsumda yordam bera olmaydi. Shu bilan birga 23 yoshli fulbek Evro-2020ni ham o'tkazib yuboradi.

Fosu-Mensa uzoq muddatga safdan chiqqan "Bayer"ning uchinchi o'yinchisi bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: Bulinews