Forlan iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
19 sen 2021
Urugvayning ikkinchi divizioni vakili "Atenas" matbuot xizmati Diego Forlanning bosh murabbiylikdan ketganini ma'lum qildi.

42 yoshli urugvaylik mart oyida jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangandi va u 12 tur davomida ishladi. Uning shartnomsi 2022 yilga qadar davom etishi kerak edi. Ayni damda "Atenas" 5-o'rinda bormoqda.

Forlan futbolchilik faoliyati davomida "Manchester Yunayted" va "Atletiko" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/AtenasSAD

O'xshash yangiliklar