Foot Mercato. Ispaniyaning TOP klubi Husanov uchun kurashga qo'shildi

Khoja
4 dek 2024, 08:40
Lans va O'zbekiston MTJ a'zosi Abduqodir Husanovga davogarlar soni ortib bormoqda.

Foot Mercato nashrining xabar berishicha, PSJ sport direktori Luis Kampos Husanov borasida uning atrofdagilar bilan ilk muzokaralarni olib borgan. Parijliklar futbolchimizni yanvar oyida sotib olishni reja qilishgan.

Shuningdek, Husanovga Ispaniyaning TOP klubi Atletiko ham qiziqish bildirmoqda. Madridliklar ham futbolchi uchun 20 million evro to'lashga tayyor.


KhojaMuallif
Manba: Footmercato