Foden jurnalistlar talqiniga ko'ra APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Administrator
4 may 2024, 00:35
Futbolchi bir necha nomzodlarni ortda qoldirdi.

Angliya futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi APLdagi mavsum o'yinchisini aniqladi. Jurnalistlar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada "Manchester Siti" futbolchisi Fil Foden g'olib bo'ldi. 

"Siti" yarim himoyachisi 42 foiz ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rinni esa Deklan Rays egalladi. Uchinchi o'rinda "Man Siti"ning boshqa bir futbolchisi Rodri egalladi. 

Ma'lumot uchun, Foden ushbu mavsum APLning 31 uchrashuvida 16 ta gol va  7 ta assist qayd etdi.


AdministratorMuallif
Manba: footballwriters.co.uk