FNL. Denisov asosiyda tushgan bahsda “Rotor” g'alaba qozondi

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020
Rossiya Milliy futbol ligasi (FNL)ning 27-turi doirasida “Shinnik” uyda “Rotor”ni qabul qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bahsdagi yagona golni esa 56-daqiqada Kamil Mullin urdi. Mehmonlar safidagi o'zbekistonlik himoyachisi Vitaliy Denisov esa uchrashuvni to'liq o'tkazdi.

Bugungi g'alabadan keyin rotorliklar turnir jadvalida 56 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Shinnik – Rotor 0:1 (0:0, 0:1)

Arena Ximki

Gol: 0:1 – 56 Mullin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia