Flik “Bavariya” bilan 40 ta o'yinda 5 sovrin yutdi

“Bavariya” Germaniya Superkubogi uchun bahsda “Borussiya D”ni 3:2 hisobida engdi va sovrinni qo'lga kiritdi.

Shu tariqa Myunxen klubi 2020 yil hisobidan 5-sovringa ega chiqdi. “Bavariya” Germaniya chempionligi bilan birga mamlakat kubogini qo'lga kiritdi, shuningdek, YCHL va Yevropa Superkubogida g'olib bo'ldi.

Jamoa ustozi Xans-Diter Flik esa “Bavariya” boshqaruvidagi 40 ta o'yinda 5 sovrin egasi bo'ldi. Yani Flik “Bavariya” o'rtacha har 8 ta o'yinda bitta sovrin yutmoqda.

Eslatib o'tamiz, Flik 2019 yil noyabrida Niko Kovachdan so'ng jamoa boshqaruvini qo'lga olgandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yoziga qadar tuzilgan.


Manba: Twitter/@MisterChip