"Fiorentina" va "Inter" 40 mln. evro evaziga Bernardeskining transferi borasida kelishib olishdi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2017, 21:16
"Fiorentina" hujumchisi Federiko Bernardeski boshqa Italiya klubiga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Inter" italiyalik forvard uchun 40 mln. evro to'laydi. Yaqin vaqt ichida Milan klubi vakillari shartnoma shartlarini muhokama qilish uchun futbolchining agentlari bilan uchrashadi.

Bernardeski hamda "Fiorentina" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozigacha belgilangan. Joriy mavsumda hujumchi 34 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Il Messaggero