

Xelsinkidagi “Telia 5G-Arena stadionida kechgan bahsda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Fransiyalik Benua Basten boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borgan bellashuvning 21-daqiqasi Yasse Tuominen hisobni ochgan bo'lsa, ikinchi bo'limda Teemu Pukki “dubl”ga erishib, finlyandiyalik muxlislarga tarixiy g'alabani tuhfa etdi.
Ushbu g'alabadan keyin finlar muddatidan ilgari Yevropa chempionatiga yo'llanmani naqd qilishdi. Skanidinaviyalik futbolchilar o'z tarixlarida ilk marta qita birinchiligida ishtirok etadigan bo'lishdi.



Ushbu guruhdagi yana bir uchrashuvda Armaniston terma jamoasi o'z maydonida Gretsiyaga (0:1) imkoniyatni boy berdi.



