Fil Jons Styuart Pirsdan rasmiy uzr so'rashini talab qildi

Tolibjon Qosimov
12 sen 2013
"Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Jons Angliya futbol Associaciyasiga (FA) Angliya yoshlar terma jamoasining sobiq ustozi Styuart Pirs undan rasmiy ravishda uzr so'rashini talab qildi, deb xabar bermoqda Telegraph.

Oldinroq murabbiy yoshlar o'rtasidagi Euro-2013dagi yomon ishtirokka bir qator yetakchilar terma jamoada o'ynashdan bosh tortishganini sabab qilib ko'rsatgandi. Ular orasida Pirs Jons, Aleks Oksleyd-Chemberlen, Denni Uelbek va Jek Uilshirni ham eslab o'tdi. Jons bu futbolchilar milliy terma jamoaga o'tishganidan so'ng yana yoshlar safida o'ynash to'g'ri emasligini aytgandi. FA rahbariyati ham Pirsning bahonasidan hayratda qolganini ma'lum qildi.

– FA Styuart Pirsning fikrlaridan hayratda, murabbiylar shtabining o'zi futbolchilarni tanlashganku, – deyiladi associaciya rasmiy bayonotida.

Anglii yoshlari Euro-2013da "A" guruhidagi uchala o'yinda ham mag'lub bo'lib so'nggi o'rinni band etgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru