Figu: "OAV Messi va Ronaldu haqida yozmoqda, ammo Marega haqida unutib qo'yishyapti"

Aslanov Jasurbek
13 mar 2019
Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Luish Figu "Portu" hujumchisi Mussa Maregaga etarli darajada e'tibor berilmayotganini aytdi.

"Marega ajoyib formada, "Portu" esa u bilan yaxshi natijalarga erishyapti. Hozir OAV ko'proq Mbappe, Messi, Ronaldu yoki Saloh haqida yozishmoqda, ammo barcha poziciyadan gol ura oladigan Mussa haqida unutib qo'yishyapti.

Marega o'yinni yaxshi ko'radi, texnikasi kuchli. Agar u mehnat qilishdan to'xtamasa, Eto'O yoki Drogba darajasiga chiqishi mumkin" - deydi Figu.

Mussa Marega joriy mavsum Chempionlar ligasining 7ta uchrashuvida 6ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Orange Football Club