FIFA20 o'yinida o'zbekistonlik futbolchilar bormi?

Aslanov Jasurbek
4 okt 2019
2019 yilning 24 sentyabrida FIFA futbol simulyatorining yangi versiyasi (FIFA20) sotuvga chiqdi.

Ushbu o'yinni hamyurtilarimiz ham sotib olib, o'ynashga ham ulgurishgani aniq. FIF20da o'zbekistonlik futbolchilar borligiga hech qiziqdingizmi?

O'yindagi futbolchilar bazasida faqat 3 nafar o'zbekistonlik futbol ustasi borligini aniqladik. E'tiboringizga shu 3 futbolchi va ularning ko'rsatkichlarini taqdim etamiz.


FOZIL MUSAEV

Faoliyatini Yaponiyaning "Jubilo Ivata" klubida davom ettirayotgan Fozil Musaev FIFA20 o'yinida mavjud bo'lgan uch o'zbekistonlikning biri hisoblanadi. Joriy mavsum J liganing 8ta uchrashuvida maydonga tushgan hamyurtimizning o'yindagi umumiy ko'rsatkichi - 60.

Ko'rsatkichlar (100 ballik tizimda):

Tezlik - 65, zarba - 46, paslar - 57, dribling - 63, himoya - 55, jismoniy tayyorgarlik - 71.


IKROM ALIBOEV

FIFA20dagi navbatdagi futbolchimiz Janubiy Koreyaning "Seul" klubi sharafini himoya qilayotgan - Ikrom Aliboev. Koreya chempionatining 30ta o'yinida 3ta gol urishga erishgan yarim himoyachimizning ko'rsatkichi 68.

Ko'rsatkichlar (100 ballik tizimda):

Tezlik - 67, zarba - 64, paslar - 67, dribling - 63, himoya - 55, jismoniy tayyorgarlik - 61.


ODIL AHMEDOV

FIFA20 o'yinidagi eng kuchli o'zbekistonlik "Shanxay SIPG" safida to'p tepayotgan Odil Ahmedov hisoblanadi. Ahmedovning ko'rsatkichlari o'yinning avvalgi qismidagidek emas. Hamyurtimizning raqamlari pasaytirilgan.

Ko'rsatkichlar (100 ballik tizimda):

Tezlik - 70, zarba - 71, paslar - 72, dribling - 71, himoya - 71, jismoniy tayyorgarlik - 72.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia