FIFA yil yakuni bo'yicha eng yaxshi darvozabon bo'lish uchun yakuniy 3 nafar nomzodni e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
5 yanv 2022, 20:52
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) erkaklar futboli bo'yicha "Eng yaxshi darvozabon" nominaciyasiga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.

Sovrin uchun Janluiji Donnarumma ("Milan"/PSJ), Eduard Mendi ("Chelsi") va Manuel Noyer ("Bavariya") kurash olib boradi.

G'olib nomi 17 yanvar kuni FIFAning ananaviy taqdirlash marosimi vaqtida e'lon qilinadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com