FIFA sobiq referisi Qirg'iz Respublikasi futzal assotsiatsiyasining prezidentiga aylandi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025, 12:28
Bukuev Nurdin Medetbekovich Qirg'iz Respublikasi futzal assotsiatsiyasining yangi prezidenti etib tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, Bukuev Qirg'iz futbol ittifoqi birinchi vice-prezidenti lavozimida ishlashda davom etadi.

Ma'lumot uchun, Nurdin Bukuev futzal bo'yicha FIFA sobiq referisi, FIFA futzal bo'yicha Jahon chempionati o'yinlari soni bo'yicha mutlaq jahon rekordchisi va ushbu noyob yutuqqa birinchi bo'lib erishgan. Nurdin Bukuev QFI tuzilmasida 2009 yildan buyon ham oddiy xodim, ham rahbar sifatida ishlagan.

Eslatib o'tamiz, bungacha Futzal assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini Maksatbek Ishenbaev egallab kelayotgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia