FIFA reytingi yangilandi: O'zbekiston yana 2 pog'ona ko'tarildi

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyun 2024
Bugun yangilangan FIFA reytingi e'lon qilindi.

FIFA milliy terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 62-pog'onaga ko'tarildi.

2024 yilning aprel oyidagi holat bilan solishtirsak, jamoamiz ikki pog'onaga ko'tarilgan. 


Takidlash lozim, O'zbekiston terma jamoasi O'rta Osiyoda eng kuchlisi hisoblanadi:

O'zbekistan - 62-o'rin;

Qirg'iziston - 101-o'rin;

Tojikiston - 103-o'rin;

Qozog'iston- 109-o'rin;

Turkmaniston - 144-o'rin.


FIFA reytingi bilan to'liq tanishish uchun quyidagi HAVOLAga o'ting.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia