FIFA: "Paxtakor" sobiq futbolchisi oldidagi qarzini to'lashi kerak

Narzulla Saydullayev
26 iyun 2024, 14:15
FIFA nizolarni hal qilish palatasi (DRC) niderlandiyalik futbolchi Metyu Stinvordenning "Paxtakor" klubi bilan bog'liq muammosini ko'rib chiqdi.

FIFA futbolchining to'lanmagan maoshi va bonus to'lovi bo'yicha davosini qondirish haqida qaror chiqardi.

Ma'lumot uchun, bu ishda SILA International Lawyers futbolchining huquqlarini himoya qildi.

Eslatib o'tamiz, Metyu Stinvorden 2023 yil iyul oyida "Paxtakor" bilan 1,5 yillik shartnoma tuzgandi. 2024 yil 9 fevral kuni "Paxtakor" Stinvorden bilan xayrlashganini e'lon qildi. Himoyachi "sherlar" safida jami 11 ta o'yinda maydonga tushdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: silalawyers.com