FIFA Niderlandiyada transfer oynasini uzaytirishni rad etdi

Оқил Абдубарноев
15 avg 2022
Niderlandiya qirollik futbol associaciyasi yozgi transfer oynasini uzaytirishga harakat qilmoqda.

Niderlandiyaliklar transfer oynasining 31 avgustda yopilishi klublarni noqulay ahvolga solayotganini takidlamoqda, Yevropaning top-ligalarida esa 1 sentyabrda jarayon yakunlanadi.

FIFA yozgi transfer oynasini Niderlandiya foydasiga uzaytirishdan bosh tortdi.

Shunday qilib, Niderlandiya klublari transferlarni faqat yozning so'nggi kuniga qadar ko'rib chiqishlari mumkin bo'ladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: FIFA