FIFA Larinning "Neftchi" ustidan qilgan shikoyatini rad etdi

Sherzod Nurmatov
29 apr 2024
Farg'ona jamoasida o'tgan ikki mavsumda harakat qilgan ukrainalik legioner Oleksiy Larin 2023 yilgi mavsum uchun qarzdorlik yuzasidan "Neftchi" futbol klubi ustidan FIFAga arz qildi.

Ammo shikoyat qanoatlantirilmadi. Klubning ma'lum qilishicha, futbolchi oldidagi qarzlar allaqachon uzilgan.

"Klub futbolchi oldidagi bir oylik ish haqi va 3 ta uchrashuv uchun mukofot pulidan qolgan qarzdorlikni bartaraf qilgan. Shunga qaramasdan, futbolchi klubdan qo'shimcha to'lov undirish yuzasidan FIFAga murojaat yo'llagan.

O'z navbatida, joriy yilning 26 aprel kuni FIFA tomonidan O'FU va Klub huquqshunoslari tomonidan bildirilgan vajlar o'rganib chiqilib, O'FU va Oleksiy Larinning vajlari asossiz ekanligi sababli murojaatni rad qilish to'g'risida qaror qabul qilindi. 

Shuningdek, "Neftchi" futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar sababli ayrim futbolchilar oldida qarzdorliklar mavjudligini tan oladi va tez orada ushbu qarzdorliklar to'liq bartaraf etilishini taminlashini ma'lum qiladi", – deyiladi klub xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати