

Barcha ma'lumotlar AQSH va Shveytsariya hukumatiga jo'natildi.
2015 yilning may oyida Cyurixda tashkilotning mansabdor shaxslari qo'lga olinganda ushbu shov-shuvli mojaro boshlangan edi. 14 kishi 150 mln. evro miqdorida pora olganlikda ayblandi.
FIFAning ma'lum qilishicha, 2,5 mln.dan ortiq hujjatlar ko'rib chiqilganidan so'ng hisobot 1300 varoqdan ko'proq bo'ldi. FIFA joriy yilning aprel oyida bu borada bayonot beradi.
"Biz 22 oy davom etgan tekshiruvni yakunladik" - deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.



