Ferdinand MYU natijasiga katta hissa qo'shayotgan 3 futbolchini ajratib ko'rsatdi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025, 12:45
"Manchester Yunayted" 30 avgustdan beri atigi 2 marta mag'lubiyatga uchradi va 5 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Klub afsonasi Rio Ferdinand bu muvaffaqiyatda jonbozlik ko'rsatganlarni alohida ta'kidladi.

Yangi darvozabon Senne Lammens ulardan biri ekanligi ajablanarli emas, chunki uning kelishi bilan jamoaning natijalari yuqoriga ko'tarildi.

"Hozirda bir nafar asosiy o'yinchi bor deb o'ylamayman. Matteys de Ligt - ushbu mavsumdagi eng yaxshi himoyachimiz. U nafaqat ishonchli o'yini bilan, balki muhim gollarni urishi bilan ham ajralib turibdi. Brayan Mbeumo - shunchaki ajoyib. U hujumda haqiqiy yetakchiga aylandi va to'pni ushlab turishga, vaziyatlar yaratishga, o'zi gol urishga qodir. Va, albatta, darvozabonsiz bu muvaffaqiyat haqida gapira olmasdik. Uning kelishi bilan bizda ishonch paydo bo'ldi. Futbolchilar unga ishonishadi va bu natijalarda yaqqol ko'rinib turibdi", – dedi Ferdinand.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail