"Fenerbaxche" "Sevilya" bilan Yussef En-Nesiri transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, ammo...

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyul 2024
Italiyalik insayder Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi "Sevilya" bilan marokashlik hujumchi transferi bo'yicha kelishuvga erishgan.

Biroq Yussef En-Nesirining o'zi "Roma" tomonidan bo'layotgan qiziqishga yuqori baho bermoqda. Aynan rimliklar varianti mavjudligi tufayli hujumchi "Fenerbaxche" taklifini qabul qilishga shoshilmayapti.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Жанлука Ди Марцио