

Angliya klubi murabbiylar shtabi yangi mavsum uchun Slimanini asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmayotgandi. Shu boisdan ham hujumchini sotishni rejalashtirgan edi.
Lekin Slimanini sotib olish istagini bildirgan klublar bo'lmadi. Bu orada “Fenerbaxche” Jazoir terma jamoasi a'zosini mavsum oxirigacha ijaraga oldi.



