"Fenerbaxche" hujumchisi faoliyatini "Lacio"da davom ettirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 sen 2020, 22:12
Muriki Italiya klubiga o'tishi mumkin.

Sky Sport Italia xabariga ko'ra, klublar transfer bo'yicha kelishuvga erishishgan. Futbolchning transfer summasi 17-18 million evro va bonuslarni tashkil qiladi.

Vedat Muriki Istanbul klubiga o'tgan yozda "Rizespor"dan 3,5 million evro evaziga kelgan edi.

26 yoshli Kosovo terma jamoasi futbolchisi o'tgan mavsumda "Ferenbaxche" uchun 32 o'yinda qatnashib, 15 ta gol urdi. U bu natijasi orqali klubning eng yaxshi to'purariga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia