Feliks so'nggi 4 o'yinda 6 ochko to'pladi

Mirjalol Normatov
3 apr 2022
Kecha "Atletiko" LaLiganing 30-turida o'z maydonida "Alaves"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu uchrashuvda "matraschilar" forvardi Joau Feliks dubl qayd etdi. Shu orqali u LaLigadagi so'nggi 4 o'yinida oltinchi samarali harakatini amalga oshirdi.

Oldinroq u "Betis" darvozasiga ikki, "Kadis" hamda "Rayo Valekano" darvozasiga bittadan gol urgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal