Fauler: "Verner "Chelsi"ga o'taversin, u "Liverpul" darajasida emas"

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Robbi Fauler "Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerning mersisaydliklar tarkibida o'tmasligi borasida gapirdi.

"Verner juda iqtidorli futbolchi ekanligini tushunib turibman, bazi o'yinlarda u ajoyib o'ynaydi. Biroq u hozirda "Liverpul"ning hujumkor uchligidan kuchli emas. Albatta, agarda kelasi mavsumda u "Chelsi" tarkibida o'ynasa, gapim isbotini topadi.

"Liverpul"ning ko'plab muxlislari uning transferi barbod bo'lganidan jahli chiqqanini bilaman. Ammo Verner - van Basten emas. U avvaliga "Liverpul" darajasiga yaqin kelishi kerak", - dedi Fauler.

Oldinroq "Chelsi" 24 yoshli futbolchini 60 mln evro evaziga sotib olishi mumkinligi va bu borada futbolchi bilan ilk kelishuvga erishgani aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal

O'xshash yangiliklar