Ushbu e'tibor natijasini "Nasaf"dan bir qancha iqtidorli yoshlar yetishib chiqmoqda. Ana shunday yosh futbolchilaridan biri Farrux Sayfiev ayni vaqtda "Nasaf" tarkibida ishonchli harakat qilib kelmoqda.
- Farrux futbolga kirib kelishingiz haqida ozgina aytib o'tsangiz?
O'zim Samarqandlikman. Shu yerda oddiy mahalla futbolida so'ng "Registon" futbol maktabida mashg'ulotlar olib borar edi. 2007 yil "Mashal" akademiyasiga o'qishga taklif etdi va u yerda futbolni sir-asrorlarini tajribali murabbiylar qo'l-ostida o'rgandim. Bu yerdan so'ng o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun 2010 yilda "Nasaf" klubi yoshlar tarkibida o'tib u yerda ikki yil davomida yoshlar bilan mashg'lotlar olib borib maydonga tushdim. o'tgan ikki yildan buyon "Nasaf" asosiy tarkibda mashg'ulotlar olib borib maydonga tushib kelmoqdaman.
- Oliy Ligada debyut uchrashuviningizni eslay olasizmi ?
Ha bu uchrashuv o'tgan mavsum aynan Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi bo'lgan edi. O'shanda 2:1 hisobida g'alaba qozongandik. Juda hayajonli uchrashuv bo'lgan edi. Birinchidan Samarqand jamoasiga qarshi o'ynagan bo'lsam , ikkinchidan Oliy ligada birinchi marta maydonga tushayotgan edim. Yana shuni aytishim mumkinki Oliy ligadagi ilk golim ham "Dinamo" jamoasi bilan bo'lgan o'tgan davradagi o'yinda edi.
- Bu mavsumni "Nasaf" ozgina muoffaqiyatsiz boshladi va endi yaxshigina ko'tarilishga erishdi. "Nasaf" bu ko'tarilishni davom ettira oladimi ?
Albatta. "Nasaf" chempionlik uchun kurashmoqda va buning uchun barcha imkoniyatimiz etarli. Mavsum boshi ozgina omadsiz kelgan bo'lsa ham mana hozir "Nasaf" o'z o'rniga asta sekin qaytmoqda.
- "Nasaf" ni oldinda juda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Ketma-ket og'ir o'yinlarga tayyor bo'lish murakkab kechmaydimi?
Jamoamiz murabbiyi hozirda juda ko'plab yoshlarga e'tibor qaratmoqda. Tarkibimizga qarasak ham ko'p futbolchilarimiz aynan "Nasaf" tarbiyalanuvchilari yoki o'rinbosarlar tarkibida chiqqan. Hozirda jamoamiz teng kuchli ikki tarkibga ega va bu aynan keyingi qiyin uchrashuvlarda bizga naf keltirishiga shubha qilmayman.
- Jamoada o'zingiz uchun eng yaqin kishi sifatida kimni bilasiz?
Barchamiz bir jamoamiz. O'zim ham shaxsan ko'pchilikimiz bilan o'rinbosarlar tarkibida ham o'ynaganmiz. Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Botir Qoraev, Maqsud Karimovlar meni doim qo'llab quvvatlaydi va xatolarimni ko'rsatadi. Artur Gevorkiyanni ham alohida aytib o'tgan bo'lar edim. Azamat Allaniyozov bilan ko'proq birga bo'lamiz. Eng asosiysi men "Nasaf" da o'zimga eng yaqin kishi deb Ro'ziqul akani aytib o'ta olaman. U kishi nafaqat murabbiy balki bizga eng yaqin kishi ham bo'lib qolgan.
- O'zingiz ko'proq qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?
Har doim "Real Madrid" ga .
- Kelajakda o'z oldingizga qo'ygan maqsad nimadan iborat va bu yo'lda o'zingiz uchun nimani muhim deb bilasiz?
Maqsadim ko'p va qaysi birini aytishni o'ylab qoldim. "Nasaf" bilan OCHL va O'zbekiston chempionatida katta muoffaqiyatga erishmoqchimiz. Bu yo'lda eng muhimi tinmay mehnat qilish va harakatdir.