

"Albatta, ramziy terma jamoaga kirish yoqimli holat. O'yin oson bo'lgani yo'q. "Andijon" jamoasi bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Shunga qaramay biz g'alaba qozona oldik. Bu o'yindagi g'alabani osonlikcha qo'lga kiritmadik. Muhimi, biz o'tgan turda safarda uch ochkoni qo'lga kiritganimiz. To'g'risini aytaman, ramziy terma jamoaga kirishimni kutmagandim. Bizni ketma-ket ikkita muhim bellashuv kutib turibdi. "Olmaliq" va "Lokomotiv"ga qarshi o'yinlarda muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddaman", - deydi Farruh Sayfiev.



